Ey ahli iymon! Zillat ichida asorat ostiga kirmaslikni xohlasangiz, aqlingizni yig’ingiz! Ixtilofingizdan istifoda etadigan zolimlarga qarshi
qal`ai qudsiyyasi ichiga kiringiz; sig’iningiz. Yo’qsa, na hayotingizni muhofaza qila olasiz va na huquqingizni mudofaa eta olasiz. Ma`lumdirki, ikki pahlavon bir-biri bilan talashayogganda bir bola ikkovini ham ura oladi. Bir tarozida ikki tog bir-biri ila muvozanada bo’lsa, bir kichik tosh bu muvozanalarini buzib, ularni o’ynatishi mumkin - birini yuqoriga ko’tarib, ikkinchisini pastga tushiradi. Xullas, ey ahli iymon! Ehtiroslaringiz va xusumatkorona tarafkashliklaringiz bois kuchingiz yo’qqa chiqadi; oz bir kuch ishlatilsayoq, ezilib ketishingiz mumkin. Hayoti ijtimoiyya bilan aloqangiz bo’lsa,
![]()
dasturi oliyyani dasturi hayot qilingiz; safolati dunyoviyyadan va shaqovati uxroviyyadan qutulingiz!..
* OLTINCHI VAJH. Hayoti ma`naviyya va sihhati ubudiyyat adovat va qaysarlik tufayli zil ketadi.
Chunki vositai halos va vasilai najot bo’lmish ixlos zoe bo’ladi. Zero, tarafkash bir qaysar o’z a`moli xayriyyasida dushmanidan ustun bo’lishni xohlaydi. Xolisan divajhilloh amalga ko’pda muvaffaq bo’lolmaydi. Ham hukm va muomalotida tarafkashini tanlaydi; adolat eta olmaydi. Xullas, af`ol va a`moli xayriyyaning asoslari bo’lmish ixlos va adolat xusumat va adovat tufayli yo’qoladi.
Ushbu Oltinchi vajh juda uzundir, lekin bu bob qisqalikni talab etgani uchun qisqa kesamiz.
Türkçe
English
العربية
Pyccĸий
français
Deutsch
Español
italiano
中文
日本語
Қазақ
Кыргыз
azərbaycan
Türkmence
فارسى