
G’iybat haqida
"Yigirma beshinchi So’z".ning zamm va zajr xususida so’z borgan o’rnida keltirilgan birgina oyatning mo’`jizona olti tarzda g’iybatdan nafrat ettirishi g’iybat Qur`onning nazarida naqadar shani` bir narsa ekanini to’la ko’rsatganidan, boshqa bayonga ehtiyoj qoldirmagan. Ha, Qur`onning bayonidan so’ng bayon bo’lishi qiyin; ehtiyoj ham yo’qdir.
Xullas,
![]()
oyati olti darajada aybni ayblaydi.
G’iybatdan olti barobar kuch bilan qaytaradi. Bu oyat bilfe`l g’iybat etguvchilarga mutavajjih bo’lsa, ma`nosi quyidagicha bo’ladi. Ya`ni, oyatning boshidagi "hamza" so’rash ("oyo") ma`nosida ekani ma`lumdir. Ul so’rash ma`nosi esa, suv kabi, oyatning butun kalimalariga kiradi. Har kalimada bir yashirin hukm bor:
Birinchi hukm "hamza" ila deydi: "Oyo!!!, savol va javob makoni bo’lmish aqlingiz yo’qmiki, bu daraja chirkin bir narsani anglamaydi?"
Ikkinchisi
lafzi ila deydi: "Oyo!!!, sevish va nafratlanish mako ningiz bo’lmish qalbingiz buzilganmiki, eng manfur bir ishni sevadi?"
Uchinchisi
kalimasi ila deydi: "Jamoatdan hayot olgan hayoti ijtimoiyya va madaniyyatingizga nima bo’lganki, hayotingizni zaharlantarguvchi bunday bir amalni qabul etadi?"
To’rtinchisi
kalomi ila deydi: "Insoniyyatingizga nima bo’lganki, orqadoshingizni bu taxlit yirtqichday tish bilan parchalaysiz?"
Beshinchisi
kalimasi ila deydi: "Hech riqqati jinsiyyangiz, hech silai rahmingiz yo’qmiki, ko’p jihatlar ila sizga qardosh bo’lgan shunday bir mazlumning shaxsi ma`naviyyasini insofsizlarcha tishlaysiz? Va hech aqlingiz yo’qmiki, o’z a`zoingizni o’z tishingiz bilan devona kabi tishlayapsiz?"
Oltinchi
kalomi ila deydi: "Vijdoningiz qaerda? Fitratingiz buzilganmiki, hurmatga eng loyiq bir qardoshingizga qarshi go’shtini yeyish bilan barobar bo’lgan eng mustakrah bir ishni qilyapsiz?"
Türkçe
English
العربية
Pyccĸий
français
Deutsch
Español
italiano
中文
日本語
Қазақ
Кыргыз
azərbaycan
Türkmence
فارسى